Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Dunyoda koronavirus aniqlanish holatlari soni 8 milliondan oshdi
16.06.2020 08:19,  
218

16 iyun, seshanba kuni dunyoda yangi turdagi koronavirus infeksiyasining aniqlangan holatlari soni 8 milliondan oshdi. Bu haqda koronavirus holatlari haqida real vaqt rejimida ma’lumot beradigan Jon Xopkins universiteti xabar beradi.

Hozirgi kunda ushbu kasallikka chalinganlar soni (08:00 tshv holatiga ko‘ra) 8 015 053 kishini tashkil etadi, 436 322 kishi vafot etgan, jami 3 816 556 nafar bemor tuzalib ketgan.

Eng ko‘p infeksiya aniqlanish holatlari AQSh ( 2 113 372 ), Braziliya (888 271) va Rossiya (537 210), Hindiston (332 424) va Buyuk Britaniya (298 315)da qayd etilgan.

Eng ko‘p o‘lim holatlari esa AQSh (116 135), Braziliya (43 959), Buyuk Britaniya (41 821), Italiya (34 371) va Fransiya (29 439)da tasdiqlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан