Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Dunyoning eng boy odami va uning sobiq rafiqasi bir haftada $12 mlrd.ga boyidi
12.10.2020 10:42,  
315

Amazon asoschisi va bosh direktori Jeff Bezos va uning sobiq rafiqasi Makkenzi Skottning boyligi bir hafta ichida qariyb 12 milliard dollarga ko‘paydi, deb xabar qiladi Forbes jurnali. Sayyoramizning eng boy odami yeti kunda boyligini $8,8 mlrd.ga oshirgan va hozirda, Forbes Real-Time ma’lumotlariga ko‘ra, $193,1 mlrd.ni tashkil qiladi. Uning sobiq xotini, Amazon shirkatining 4% aksiyasi egasining boyligi esa $3 mlrd.ga ko‘paydi (jami boyligi - $62,2 mlrd).

Bir haftada Amazon aksiyalari narxi 5% ga qimmatladi. Faqatgina 9 oktabr, juma kuni kompaniya Amazon Prime foydalanuvchilari uchun 13 va 14 oktabr kunlari sotiladigan ko‘plab elektronika va boshqa tovarlarga chegirmalar berilishini e’lon qilganidan keyin ular 3 foizga ko‘tarildi.

Boshqa yirik texnologik kompaniyalarning ham egalari boyidi. O‘tgan hafta ularning aksiyalari Donald Tramp koronavirusga chalingani haqidagi xabarlardan keyin tushib ketgan edi, ammo bu hafta ko‘tarildi. Xususan, Microsoft hammuassisi Bill Geytsning boyligi bir haftada $2,1 mlrd.ga ($117,2 mlrd.gacha) ko‘paydi, kompaniyaning sobiq rahbari Stiv Balmerniki esa $2,6 mlrd.ga ($73,4 mlrd.gacha). Microsoft aksiyalari yetti kun ichida 4,7% ga qimmatlashdi. Ushbu hafta kompaniya o‘yin konsollari va o‘yinlar ishlab chiqaruvchi va sotuvchi tarmoq GameStop bilan hamkorlik qilishi haqida e’lon qildi.

Tesla asoschisi va bosh ijrochi direktori Ilon Mask $3,5 mlrd.ga (90,8 milliard dollarga) o‘sdi, bu qisman muhim raqobatning yo‘qligi tufayli Tesla’ning aksiyalarining narxi 578 dollarga ko‘tarilishini bashorat qilgan New Street tahlilchisi tufayli sodir bo‘ldi. Tesla aksiyalari juma kuni yopilishida donasi 434 dollardan sotildi.

Alphabet (Google’ning bosh kompaniyasi) shirkati aksiyalari kompaniyaning o‘zini o‘zi boshqaradigan avtomobil ishlab chiqaruvchisi Waymo o‘zining haydovchisiz taksi xizmatini namoyish qilganidan so‘ng bir hafta ichida 3,9 foizga o‘sdi. Natijada Google asoschilari Larri Peyj va Sergey Brinning boyliklari mos ravishda $2,3 mlrd. va $2,1 mlrd.ga oshdi. Peyjning kapitali 67,7 milliard dollarga, Brinning kapitali esa 65,8 milliard dollarga o‘sdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан