Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ekspress-test tahlili tartibi qanday va u kimlarda o‘tkaziladi?
25.08.2020 16:33,  
235

Bugun AOKAda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Rustam Ikromov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda aholidan tushayotgan muhim savollarga javob qaytarildi:

Savol: Ekspress-test tahlili tartibi qanday va u kimlarda o‘tkaziladi?

Javob: Immunoglobulin M va G sinfiga kiruvchi antitanachalar tezkor testlar, ya’ni, sezgirligi 85% dan, spetsifikligi esa 95% dan kam bo‘lmagan ochiq va yopiq turdagi immunoferment tahlili to‘plamlari bilan aniqlanadi.

Bunda M sinfiga kiruvchi antitanalar yoki COVID-19 ga qarshi yig‘indi antitanachalar ijobiy bo‘lgan barcha bemorlar to‘g‘risida shoshilinch xabar Sanitariya–epidemiologik osoyishtalik markaziga beriladi va ular qo‘shimcha ravishda COVID-19 ga PZR tahlilida tekshiriladi.

PZR tahlilini javobi ma’lum bo‘lguncha tekshirilgan shaxslar uy karantinida bo‘lishadi.

PZR tahlili manfiy, lekin G sinfiga kiruvchi antitanachalar yoki COVID-19 ga qarshi yig‘indi antitanachalar tekshirish natijasi ijobiy bo‘lgan shaxslarda immunitet paydo bo‘lgan va COVID-19dan himoyalangan deb hisoblanadi.

PZR tahlili javobi musbat bo‘lganda tekshiriluvchi koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan deb hisoblanadi va kasallik kechishi darajasiga qarab davolanishga yuboriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан