Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘onada hamshirani burnini sindirganlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
30.01.2020 17:50,  
933

Avvalroq, 28 yanvar kuni Farg‘ona viloyatida bemor qiz va uning onasi tibbiyot xodimlariga tajovuz qilib, jarohat yetkazganligi haqida xabar berilgan edi. Poliklinika ma’muriyati darhol tez tibbiy yordam bo‘limiga, voqea haqida profilaktika inspektoriga xabar berishgan.

Sud-tibbiy ekspertiza byurosining joriy yil 29 yanvardagi 340-sonli xulosasiga ko‘ra, hamshira M.Ma’murovada burun suyagining yopiq sinishi, bosh miya chayqalishi, bo‘yin sohasida shilinma, o‘ng ko‘z-qovoqlarida qontalash kabi tan jarohatlari aniqlangan.

MAVZUGA DOIR: Farg‘onada bemor va uning onasi hamshirani urib, burnini sindirdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi Farg‘ona shahar IIBga tayanib xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan fuqaro U.A.ning harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan qasddan badanga yengil tan jarohati yetkazish jinoyati alomatlari mavjud deb topilgan. Shu sababli, unga nisbatan ushbu modda bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Parlamentga yo‘llagan Murojaatnomasida sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, tibbiy xizmat sifatini oshirish bo‘yicha islohotlarni qat’iyat bilan davom ettirishni ta’kidlagan edi:

"Shifokorlarning jamiyatdagi o‘rni va maqomini kuchaytirish, ularga nisbatan xalqimiz hurmatini oshirish, munosib mehnat sharoiti yaratish va daromadini ko‘paytirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ko‘rishimiz lozim," - degan edi prezident

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан