Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘onada koronavirusga chalingan 1 nafar bemor qoldi
13.05.2020 11:39,  
271

Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, bugun Farg‘ona viloyatida 6 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib chiqib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Tuzalganlarning 3 nafari Turkiyadan, 1 nafari Rossiyadan kelgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach shifoxonaga yotqizilgan. Qolgan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqot qilib, kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning 2 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, 3 nafari Farg‘ona viloyatidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon va Namangan viloyatlaridan 1 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 54 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 23 yosh.

Viloyatda shu paytga qadar 156 nafar bemor sog‘ayib, koronavirusga chalingan 1 nafar bemor qolmoqda. Ya’ni, vodiy viloyatlari ichida Farg‘ona koronavirusdan holi hudud bo‘lishga juda yaqin turibdi.

Ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2046 nafarni tashkil etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан