Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘onada telegram-bot orqali jinoyat qilgan shaxs ushlandi
12.06.2020 11:31,  
683

Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, 1 iyun kuni fuqaro A.S. IIBga murojaat qilgan.

Murojaatda 8 may kuni noma’lum shaxs «Telegram» ijtimoiy tarmog‘i orqali «Botirxon Imomxo‘jayev» nomli botda 5 yil muddatga 10 million so‘mdan 50 million so‘mgacha onlayn kredit berishi haqida yolg‘on xabar bergani aytiladi. Hamda fuqaroning ishonchiga kirib, 28 million so‘m kredit olishi uchun oldindan 5 % ya’ni 1 400 000 so‘m miqdoridagi pullarini plastik kartasi orqali botning karta hisobiga o‘tkazdirib, firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligini ma’lum qilgan.

Holat yuzasidan Buvayda tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni S.U. sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан