Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘onadagi janjalli o‘yindan keyin 5 kishi 15 sutkaga qamaldi, 6 kishiga jinoyat ishi ochildi
2.12.2020 17:08,  
595

Farg‘onada «Neftchi»—«Turon» o‘yinidan so‘ng yuzaga kelgan tartibsizliklarda ishtirok etgan besh nafar shaxsga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti ma’lumotiga ko‘ra, janjal oqibatida bosh hakamda yuz qismi lat yeyish va tanasining shilinmalari, yordamchi hakamlarda esa tanaga turli ko‘rinishdagi jarohatlar yetkazilganligi aniqlangan.

«Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan JKning 277-moddasi 3-qismi «v» (ommaviy tadbirlar o‘tkazilayotgan vaqtda sodir etilgan bezorilik ) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Hozirda, jinoyat ishi doirasida 6 nafar shaxs gumonlanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan bo‘lib yana 2 nafar fuqaroning shaxsini aniqlash choralari ko‘rilmoqda.

Bundan tashqari, yana 5 nafar fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasida (mayda bezorilik) ko‘rsatilgan huquqbuzarliklarni sodir etganliklari uchun, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Tergov harakatlari davom etmoqda hamda tartibbuzarlik sodir qilgan barcha shaxslarni qonun oldida javob berilishi ta’minlanadi», deyiladi Tergov departamenti bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, «Neftchi» va «Turon» uchrashuvi tugaganidan keyin «Neftchi» futbolchilari va muxlislar hakamlarga hujum qildi. Vaziyatlarning birida farg‘onaliklar o‘yinchisi uchrashuv bosh hakami Shavkat Nasibullayevga oyoq bilan zarba bergan. Keyinchalik hakamni tepgan futbolchi 98-raqamli Jamshid To‘raqulov ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Bosh hakam Shavkat Nasibullayevda yuz qismi lat yeyish va tanasining shilinmalari, yordamchi hakamlar Rishat Nugmanov va Doniyor Saylavovda esa tanaga turli ko‘rinishdagi jarohatlar aniqlangan.

Ma’lumot uchun, ushbu bahsdagi g‘alaba evaziga «Turon» o‘z tarixida ilk marta Superligaga yo‘llanma olgan bo‘lsa, pley-offda to‘p surishi lozim bo‘lgan «Neftchi»ning keyingi taqdiri haqida O‘FA va PFL rasmiy bayonot berishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан