Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Fermer va dehqon xo‘jaliklariga yangi majburiyat yuklandi
5.04.2019 13:55,  
16

O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun prezident tomonidan imzolandi.

Qonun bilan Yer kodeksiga yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning bekor qilinishiga oid bir qancha o‘zgartirishlar kiritildi.

Jumladan, qishloq xo‘jaligiga taalluqli bo‘lmagan ehtiyojlar uchun berilgan yer uchastkasidan ikki yil mobaynida foydalanilmaganda unga bo‘lgan huquq bekor qilinadi. Ilgari bu davr 3 yil edi. (Mazkur norma uch oydan so‘ng kuchga kiradi)

Endilikda, fermer yoki dehqonlarning O‘zbekiston dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga a’zoligi majburiy etib belgilandi. Bunda a’zolik tugatilganda yer uchastkasiga bo‘lgan huquq ham bekor qilinadi.

Kengashlar uylarni aylanib chiqish orqali dehqon xo‘jaliklarining yerdan hamda tomorqadan samarali foydalanilishini monitoring qiladi.

Shuningdek, Kengashlar fermer, dehqon xo‘jaliklariga hamda tomorqa egalariga yerdan samarali foydalanish zarurligi to‘g‘risida ko‘rsatma berishga haqli.

Uy-joy kodeksiga kiritilgan ko‘shimchalarga ko‘ra, turar joy mulkdori farzandlarining er-xotini ham uning oila a’zolari qatoriga kiritildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан