Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Forbes 2020 yilning eng ko‘p maosh oladigan futbolchilari reytingini e’lon qildi
15.09.2020 11:43,  
616

Forbes jurnali 2020 yilda eng ko‘p maosh oladigan futbolchilar reytingini e’lon qildi. Reytingni «Barselona» hujumchisi Lionel Messi boshqarib bormoqda. Uning yillik daromadi 126 million dollarga baholanmoqda, uning 92 millioni ish haqi. Messi 2018 yildan beri ro‘yxatning boshida turibdi.

Ikkinchi o‘rinda Turinning «Yuventus» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu, u 117 million dollar ishlab topdi. Bundan oldin portugal tarixdagi birinchi milliarder futbolchi bo‘lgan edi.

Uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni «PSJ» hujumchilari Neymar va Kilian Mbappe egallab turibdi. Braziliyalik 96 million dollar, 21 yoshli fransuz esa 42 million dollar ishlab topgan.

Shuningdek, kuchli 10talikka quyidagilar kiritilgan:

  • Muhammad Salah («Liverpul», $37 mln),
  • Pol Pogba («Manchester Yunayted», $34 mln),
  • Antuan Grizmann («Barselona», $33 mln),
  • Garet Beyl («Real», $29 mln),
  • Robert Levandovski («Bavariya», $28 mln) va
  • David De Xea ("Manchester Yunayted", $27 mln).

O‘tgan mavsumda 33 yoshli Lionel Messi «Barselona» tarkibida 44 o‘yin o‘tkazib, 31 gol urgan va 26 golga uzatma bergan. U Kataloniya klubi akademiyasini tugatgan va 17 yoshidan boshlab asosiy jamoasida o‘ynamoqda.

25 avgust kuni Messi «Barselona» dan ketmoqchi bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi, ammo 4 sentyabr kuni u jamoada keyingi mavsumda qolishini e’lon qildi, chunki u dunyoning hech bir klubi u uchun 700 million yevro miqdorida tovon puli to‘lashga tayyor emasligini tushunadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан