Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Fransiyada Abu Ali ibn Sino haykali o‘rnatildi
19.04.2019 17:17,  
24

Joriy yilning 17 aprel kuni Fransiyaning Ryuey-Malmezon shahridagi “Do‘stlik” parkida o‘zbek bog‘i va buyuk qomusiy olim Abu Ali ibn Sino sharafiga yodgorlik haykalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Buxoro viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev boshchiligidagi delegatsiyaning Fransiyaga tashrif jarayonida delegatsiya a’zolari Ryuey-Malmezon va Buxoro shaharlari o‘rtasida 20 yildan buyon davom etib kelayotgan birodarlik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash yo‘nalishlari haqida muzokaralar o‘tkazishgan.

Anjumanda Buxoroning musiqa va raqs san’ati noyob namunalari namoyish etildi va unda 500 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Shaharda delegatsiya a’zolari uchun biznes Forum ham tashkil etildi.

Shuningdek, Fransiyada energetika, vinochilik, savdo va turizm yo‘nalishida yetakchi kompaniyalarning vakillari bilan muzokaralar o‘tkazildi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан