Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






GM dilerlari Qozog‘istonda Chevrolet avtomobillarini sotishni boshladi
28.04.2020 20:29,  
535

“UzAuto Motors” AJ qozog‘istonlik hamkori “SariarkaAvtoProm” MChSh (Mas’uliyati cheklangan shirkati) bilan birgalikda o‘zining “Keles Distribution” MChSh savdo tarmog‘i orqali Qozog‘istonda Chevrolet avtomobillari savdosi boshlaganini e’lon qildi.

Dastlabki bosqichda Chevrolet rusumidagi yengil avtomobillar orasida eng mashhur bo‘lgan Malibu avtomobili, shuningdek Cobalt va Nexia yangilangan modellari, Damas miniveni, Labo yuk mashinasi va Trailblazer krossoveri Qozog‘iston Respublikasidagi dilerlar tarmog‘iga kelib tushdi.

Ma’lum qilinishicha, Qozog‘istonda Damas va Labo avtomobillari Chevrolet brendining boshqa modellari orasida oldindan buyurtmalar bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchilar buni kichik va o‘rta biznes korxonalari orasida bugungi og‘ir vaziyatda mahsulotlarni yetkazib berishda foydalanish uchun tejamkor va funksional mashinaga bo‘lgan talabning yuqori darajada o‘sishi bilan bog‘liq deb hisoblamoqda.

Aprel oyining oxiriga kelib Qozog‘iston bozorida rasman Chevrolet Tracker avtomobilining chiqarilishi ham rejalashtirilgan.

“Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan har bir” Chevrolet avtomobili General Motorsʼning xalqaro sifat standartlariga to‘la mos keladi. Biz ularga ishonx va hamkorlik uchun minnatdorlik izhor etamiz”, — deydi “SariarkaAvtoProm” MChSh direktori Sirim Semeybayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra General Motors kompaniyasi dilerlarning mijozlarni qo‘llab-quvvatlash va yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishga qaratilgan yuqori darajadagi tayyorgarligi va tajribasiga, avtomobillarni taqdim etishdan tortib, xizmat ko‘rsatishgacha alohida e’tibor qaratadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Qozog‘iston bosh vaziri Askar Mamin ishtirokida Kostanayda UzAuto Motors tomonidan “SariarkaAvtoProm” MChShda Chevrolet avtomobillarni ommaviy ishlab chiqarilishi boshlangan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан