Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Gulnora Karimovaning fuqaroviy eri Rustam Madumarovga tegishli yana bir mulk auksionga qo‘yildi
25.05.2019 00:04,  
33

Rustam Madumarovga tegishli Rubicon Wireless Communication MChJ ko‘chmas mulki auksionga qo‘yildi, deb xabar beradi O‘zA.

Ochiq auksion narxni tushirib borish yo‘li bilan, demping usulida o‘tkazilishi ko‘rsatilgan savdoda mazkur mulkning boshlang‘ich narxi 205 587 016 500 so‘m etib belgilangan.

Toshkent shahrida joylashgan Rubicon Wireless Communication MChJ (Perfectum) mamlakatda uyali aloqaga xizmat ko‘rsatadigan yirik tadbirkorlik sub’yektlaridan edi.

Avvalroq, Gulnora Karimovaning fuqaroviy eri Rustam Madumarovga tegishli bo‘lgan mulk – yagona elektron savdo maydonchasida Toshkent shahrida joylashgan yirik firma – «EDEL VEYS-ALI» mas’uliyati cheklangan jamiyati fondidagi yuz foiz ulushi, debitor-kreditorlari va boshqa turdagi barcha mol-mulklari bilan auksionga qo‘yilgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан