Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Hadis ilmi maktabida abituriyentlar uchun bepul tayyorlov kursi tashkil etildi
1.06.2020 10:49,  
213

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Hadis ilmi maktabiga 2020-2021 o‘quv yili bo‘yicha o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar uchun joriy yilning 1-13 iyun kunlari davomida bepul masofaviy tayyorlov kursi tashkil etilmoqda.

Musulmonlar idorasi matbuot xizmatining ma’lum qilishcha, tayyorlov kursi uchun abituriyentlardan hujjatlar 2020 yilning 2 iyuniga qadar [email protected] elektron pochta yoki telegramdagi @HIM_tayyorlovkursiBot manzili orqali qabul qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur tayyorlov kursiga faqat o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasini bitirgan abituriyentlar ishtirok etishlari mumkin.

Taqdim etiladigan hujjatlar:

  • pasportning elektron nusxasi
  • o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasini bitirganligi haqida hujjatning elektron nusxasi

Tayyorlov kursi quyidagi fanlardan bo‘lib o‘tadi:

  • Hadis istilohlari
  • Hadis sharhlari
  • Arab tili

Tayyorlov kursi abituriyentlari uchun dars mashg‘ulotlarini Hadis ilmi maktabi o‘quv jarayonlariga Misr Arab Respublikasining nufuzli Al-Azhar universitetidan jalb etilgan 2 nafar professor-o‘qituvchilar Hadis ilmi fanlari doktori Mahmud Abdulloh Abdurrahmon va Balog‘at va munozara fanlari doktori Ali Saad Ali Saad hamda Maktabni malakali o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi.

Murojaat uchun telefon: (+99866) 240-20-51.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан