Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Hayit namozida 2,2 milliondan ziyod o‘zbekistonlik qatnashdi
5.06.2019 17:09,  
8

Bugun O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan 2 057 ta masjiddan 1 983 tasida 2,2 milliondan ziyod fuqaro hayit namozini o‘qidi. Bu haqda hukumat huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ma’lumotlariga asoslanib, Kun.uz  xabar berdi.

Jumladan, Andijon viloyatida 172 ta, Namangan viloyatida 183 ta, Farg‘ona viloyatida 188 ta, Sirdaryo viloyatida 69 ta, Toshkent viloyatida 221 ta, Toshkent shahrida 102 ta, Jizzax viloyatida 168 ta, Surxondaryo viloyatida 108 ta, Samarqand viloyatida 272 ta, Buxoro viloyatida 103 ta, Navoiy viloyatida 69 ta, Qashqadaryo viloyatida 181 ta, Xorazm viloyatida 97 ta va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 50 ta masjidda namoz ado etilgan.

Qayd etishlaricha, Toshkent shahridagi 102 ta masjidda 479 ming nafardan ziyod o‘zbekistonliklar hayit namozida ishtirok etgan. Xususan, «Hazrati Imom» majmuasida 17 mingdan ziyod, «Minor» masjidida esa 15 mingdan ziyod fuqarolar namoz o‘qigan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан