Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Hindistonda "Ampan" siklonidan vafot etganlar soni 80 taga yetdi
22.05.2020 15:20,  
178

Hindistonning G‘arbiy Bengaliya shtatida "Ampan" siklonining zarbasi oqibatida kamida 80 kishi halok bo‘ldi, deya ma’lum qildi shtat bosh vaziri Mamata Banerji.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qishloq joylarda 61 kishi, Kalkuttada 19 kishi vafot etgan.

Qurbonlarning oilalariga 250 ming rupiy (3,3 ming dollar) to‘lanadi, shtatni qayta tiklash uchun 10 milliard rupiy (133 million dollar)lik jamg‘arma yaratiladi, deb yozadi Hindu gazetasi.

Shanba kuni Bengal ko‘rfazida shakllangan "Ampan" sikloni Hindistonning G‘arbiy Bengal shtatida quruqlikka qadar yetib bordi. Shamolning tezligi soatiga 125 kilometrni tashkil etgan, shamol ko‘plab daraxtlarni yiqitdi, uylar vayron bo‘ldi, vodiylarni suv bosdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Kalkuttaning katta qismi elektr energiyasidan mahrum bo‘lgan, 500 dan ortiq daraxt yiqilgan, bir necha yuzlab uzatish minoralari va 1000 ga yaqin uyali signal uzatish minoralari, eskirgan binolar vayron bo‘lgan. Banerjining ta’kidlashicha, siklon yetkazgan zarar miqdori 1 trillion rupiy (13,3 milliard dollar) dan oshishi mumkin.

Hindiston Bosh vaziri Narendar Modi juma kuni tsiklonga uchragan G‘arbiy Bengaliya va Odish shahriga tashrif buyurdi. 

Hindiston Vazirlar Mahkamasi kotibi Shri-Rajiv Gauba payshanba kuni Odish va G‘arbiy Bengal shtatlari rahbarlari bilan yordam ko‘rsatishni muhokama qildi va markaziy vazirlik va idoralar xodimlariga shtatlar hukumatlari bilan yaqin aloqada bo‘lishni va barcha zarur yordamlarni zudlik bilan berishni buyurdi.

Mavzuga doir: Bangladeshda ikki million kishini evakuatsiya qilish boshlandi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан