Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Hindistonda yashin urishidan bir kunda 100 dan ortiq odam halok bo‘ldi
26.06.2020 12:52,  
452

Hindistonning sharqiy va shimoliy qismida yashin urishi oqibatida 107 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda The Times of India gazetasiga tayanib Daryo.uz xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yashin oqibatida Bixar shtatining sharqida 83 kishi, yana 24 kishi shimoliy Uttar-Pradesh shtatida halok bo‘lgan. Qurbonlarning aksariyati yashin chaqqan vaqtda dalada ishlayotgan bo‘lgan. Favqulodda xizmatlarning yuqori xavf darajasidan ogohlantirishiga qaramay, odamlar noqulay ob-havo sharoitida ham ishlashni davom ettiravergan.

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi o‘zining Twitter'dagi sahifasi orqali halok bo‘lganlarning oilasida hamdardlik bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, shtatlar hukumati halok bo‘lganlarning oilasida moddiy yordam ko‘rsatadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан