Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






IIV Nukusdagi norozilik videosiga munosabat bildirdi
16.06.2020 16:04,  
1216

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, fuqaroni majburlab olib ketishga uringan IIB va Milliy gvardiya xodimiga xalq norozilik bildirgani aks etgan video yuzasidan Ichki ishlar vazirligi ma’lumot berdi.

Unda aytilishicha, joriy yilning 14 iyun kuni Nukus shahri hududida aholi orasida karantin qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish maqsadida Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya epidemiologik nazorati davlat inspeksiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi, Milliy Gvardiya hamda Nukus shahar IIO FMB huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi tayanch punkti profilaktika inspektori katta leytenant R.Bekimbetovlardan iborat guruh, soat 11.30 larda Nukus shahri “X.Abdambetov” ko‘chasi bo‘yidagi “Eski shahar” mahallasi hududidagi avtoturargoh atrofida tekshiruv ishlari olib borayotgan vaqtlarida, shu yerda to‘xtab turgan, “Matiz” rusumli taksi avtomashinasi haydovchisi, Nukus shahrida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro U.M.ning tibbiy niqobini taqmagan va taksi haydovchilari uchun belgilangan maxsus kombinezon kiymagan holda karantin qoidalariga amal qilmay faoliyat olib borayotganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Sanitariya epidemiologik nazorati davlat inspeksiyasi xodimi surishtiruv olib bormoqchi bo‘lganda, U.M. xodimlarning qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, ularga faol qarshilik ko‘rsatib o‘zining harakatlari bilan shu yerda bo‘lgan boshqa shaxslarning e’tiborini jalb qilgan. Aynan shu holat videotasvirda aks ettirilgan.

Oxir-oqibat vaziyat barqarorlashtirilib, qoidabuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddalari bilan bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Hozirda, Nukus shahar IIO FMB huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi tayanch punkti profilaktika inspektori katta leytenant R.Bekimbetovning xatti-harakatlariga huquqiy baho berish yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан