Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ijtimoiy fikrning ahamiyati qadrsizlantirilmoqda
22.11.2019 18:18,  
806

Devalvatsiya – faqat iqtisodiy tushuncha emas, bu avvalo, ijtimoiy tushuncha hisoblanadi. Har bir tushuncha, qadriyat va xayr (blago) qadrsizlanishi, yoki aksincha, qadri oshishi mumkin.

Shu kunlarda O‘zbekistonda ijtimoiy fikrning ahamiyati ohista qadrsizlanmoqda. Aniqrog‘i, qadrsizlantirilmoqda. O‘tgan uch yil ichida, yangi ma’muriyat jamoatchilik fikri ahamiyatli ekanligini tan oldi, u yoki bu ko‘rinishda, odamlar fikriga munosabat bildirib keldi.

Ayniqsa, davlat mulozimlari, mahalliy rahbarlarning noqonuniy yoki qo‘pol xatti harakatlari keng jamoatchilikning noroziligiga sabab bo‘lganda, hukumat tezda yoki ma’lum muddat ichida choralar ko‘rdi. Jamoatchilik o‘zining fikri ahamiyatli ekanligidan, hokimiyatga nisbatan ishonchi oshdi, hukumatning legitimligi o‘sdi.

Lekin, keyingi bir hafta ichidagi voqealar fonida, davlatning biron bir instituti hech qanday jiddiy munosabat bildirmagani, ya’ni, hukumat tomonidan jamoatchilik fikrini e’tiborsiz qoldirishi – ijtimoiy fikrni qadrsizlash deyiladi. Jamoatchilik fikri bilan birga, bir vaqtni o‘zida, oliy hokimiyatning legitimligi ham pastga tushadi, qadrsizlanadi. Chunki, legitimlikning asosiy tarozisi – bu jamoatchilik fikri. Odamlarni fikri qanchalik inobatga olinishi yoki olinmasligi, davlatga bo‘lgan ishonchning oshishi yoki so‘nishi deganidir.

Ayni paytda, har bir salbiy voqea, kichik yoki katta siyosiy inqiroz – davlat va jamiyat uchun dars hisoblanadi. Toshkent shahar hokimi voqeasi – hukumat va mulozimlar uchun dars bo‘ldiki, OAVlari va jurnalistlar bilan qo‘pol muomala qilish kerak emas. Bu katta hokimiyat va katta kapital uchun, o‘ta xavfli bo‘lishi mumkin! Jamiyat uchun esa, bu kabi to‘qnashuvlar, hokimiyatning muammolarini, amaldorlarning ichki dunyosini bilish va bu muammolar haqida o‘ylash imkoniyatini beradi.

Bu voqea davlat va jamiyat uchun, yangi davrdagi muhim ijtimoiylashuv – sotsializatsiya bo‘ldi. Yangi davrda, o‘zgarayotgan boshqaruv modelida yangi qoidalar shakllanadi. Bu voqea natijasida, so‘z va matbuot erkinligi katta zarba olgandek bo‘ldi. Aslida, amaldorlar kuchliroq psixologik zarba olishdi. Bundan keyin, hatto yopiq yig‘ilishlarda ham, selektor yig‘ilishlarida ham, ular oldingidan ko‘ra ko‘proq o‘ylanib, gapirishadi. Agar OAVlari faollashuviga alohida bosimlar bo‘lmasa, bu voqeaning effekti – OAVlari va so‘z erkinligi foydasiga bo‘ladi.

Lekin, hokimning loyihalarini saqlab qolish uchun, ijtimoiy fikrni, davlat legitimligini bir oz bo‘lsa-da qadrsizlash, shart emas. Agar siyosiy mahorat va fantaziya bilan tadbir qilinsa, optimal yo‘llar ko‘p bo‘lishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан