Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ilon Mask dunyoning eng boy odamlari beshligiga kirdi
22.07.2020 19:36,  
454

SpaceX va Tesla kompaniyalari asoschisi Ilon Mask real vaqt rejimida yangilanib boradigan Forbes nashrining milliarderlar reytingida beshinchi o‘ringa ko‘tarildi. Bu haqda Forbes Rossiya xabar bermoqda. 

Maskning boyligi 74,2 milliard dollarni tashkil qilmoqda (bir kunda $5,1 mlrd. qo‘shildi). Bu Nasdaq fond birjasida Tesla aksiyalari narxi 9% ga oshib, donasi $1643 gacha ko‘tarilgandan keyin yuz berdi. 

Dunyoning eng boy insoni hamon Amazon kompaniyasining rahbari Jeff Bezos bo‘lib, uning boyligi 13 milliard dollarga o‘sib 189 milliard dollarga etdi.

Ikkinchi pog‘onani Louis Vuitton Moet Hennessy kompaniyalar guruhi prezidenti Bernard Arnault ($113,8 mlrd.), uchinchi o‘rinni esa Microsoft asoschilaridan biri Bill Geyts ($113,4 mlrd.) egallaydi.

Keyingi o‘rinda Facebook asoschisi Mark Sukerberg (90,3 milliard dollar) bor.

O‘tgan hafta Mask Forbes reytingiga ko‘ra birinchi marta dunyoning eng boy odamlari o‘nligiga kirdi va 70,8 milliard dollar boylik bilan reytingda sakkizinchi o‘rinni egalladi 15 iyul kuni Nasdaq'dagi savdolar yakunida Tesla'ning bir dona aksiyasi qiymati 1546 dollarni tashkil qildi. Bloomberg'ning yozishicha, yil boshidan beri kompaniya aksiyalari qiymati to‘rt baravar oshdi.

Mask Bloomberg Billionaire Index'da 6 o‘rinni egallaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан