Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






iPhone 12 hatto iPhone 11'dan ham arzon bo‘lishi aytilmoqda (video)
1.07.2020 13:01,  
510

Biz avvalroq eng kichik iPhone 12 naq 128 GB xotirali bo‘lib, 64 GBlik iPhone 11 narxida sotilishi haqida yozgandik. Lekin so‘nggi xabarlarga ko‘ra, Apple ushbu turkum vakillarini yanada arzon qilib chiqarmoqchi.

@omegaleaks niki ostidagi anonim insayder o‘n ikkinchi avlod ayfonlarning narxlari haqida yangi ma’lumot tarqatdi. Unga ko‘ra, Apple yangi smartfon modellarining har birini ikki xil – 5G tarmog‘ini qo‘llovchi va undan benasib bo‘lgan versiyalarda taqdim etadi. 5G-modemsiz versiyalari narigilariga nisbatan 100 dollarga arzon sotiladi.

Apple boshlang‘ich – ekrani 5,4 dyuymlik iPhone 12 modelining 5G tarmog‘ida ishlovchi versiyasini 649 dollarga baholaydi, uning 4G versiyasi esa atigi 549 dollar turadi.

Taqqoslash uchun: iPhone 11'larning eng kichkinasi – 64 gigabaytligi 699 dollarga baholangan; kuzda chiqadigan eng arzon ayfon esa undan ham 150 dollarga arzon bo‘ladi!

Insayderga ko‘ra, diagonaliga 6,1 dyuymlik ekranli iPhone 12 Max ham shunaqa – ikki versiyada chiqadi va ular tegishlicha 749 hamda 649 dollarga baholanadi. Lekin smartfonlarning tannarxini pasaytirish uchun kompaniya aql bovar qilmas ishlarga qo‘l urayotir, masalan, iPhone qutisidan u nafaqat quloqchin va yana bir boshqa aksessuarni ham olib tashlayapti.

Shu bilan birga, iupdate nomli YouTube-kanal mualliflari iPhone 12 turkumidagi smartfonlarning korpus o‘lchamlarini ko‘rsatishdi. Tabiiyki, bunda hali taqdim etilmagan smartfonlarning namunalari emas, balki ularning insayderlar ma’lumotlari asosida tayyorlangan maketlari qo‘llangan.

Unga ko‘ra, o‘sha eng arzon, displeyi diagonaliga 5,4 dyuymlik iPhone 12 modelining korpusi hatto 4,7 dyuymlik ekranga ega bo‘lgan iPhone SE 2020 (yoki iPhone SE 2) korpusidan ham ixcham bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Apple 22 iyun kuni – WWDC 2020 tadbiri doirasida iOS 14 operatsion tizim talqini taqdim etgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан