Iqlim faoli Greta Tyunberg koronavirus yuqtirib olganlikda gumon qilinmoqda

Iqlim faoli Greta Tyunberg koronavirus yuqtirib olganlikda gumon qilinmoqda

Shvetsiyalik eko-faol Greta Tyunberg Evropaga safari paytida koronavirus bilan kasallangan deb gumon qilmoqda. Qizaloq o‘z Instagram sahifasida kasallikning engil alomatlari bo‘lgan barcha odamlarni uyda qolishga va karantinga rioya qilishga chaqirmoqda.

"Taxminan o‘n kun oldin men Bryusseldan qaytib kelgan otam bilan birgalikda simptomlarni his eta boshladim. Men holsizlana boshladim. Menda yo‘tal hamda titroq bor edi. Otamda ham shunday alomatlar bor edi, faqat unda kuchliroq edi", - deb yozadi 17 yoshli faol.