Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Islom dinida kasallikning yuqishi yo‘qmi?
23.03.2020 18:34,  
2737

Yuqumli kasalliklar o‘z yuqish yo‘llari orqali bir kishidan boshqasiga yuqishi mumkin. Bu bor narsa. Dinda hal bo‘lgan masala. Yuqishi bu intiqol etishi, o‘tishi demakdir. Misol uchun inson organizmi, uning qoni turli xil bakteriya va viruslarga maskan bo‘ladi. Qon orqali yuqadigan viruslar qon orqali, havo-tomchi orqali yuqadigan viruslar havo-tomchi orqali yuqishi mumkin.

E’tibor bering, “yuqishi mumkin“ deyapmiz. Chunki, immuniteti kuchli insonlar badaniga mazkur virus kirganda yashab ketolmasligi, t-limfotsitlar hujumiga uchrab, yo‘q qilib yuborilishi ham mumkin. Demak, yuqish sababi topilganda ham Alloh yaratgan boshqa bir sabab tufayli yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Yoki, yuqishga yo‘l ochadigan vaziyatlar oldi olinsa, masalan, gripp kabi kasalliklardan saqlanish maqsadida tibbiy niqoblar taqilsa, shuningdek, boshqa gigiyena qoidalariga rioya qilinsa, sabablar ishga solingan bo‘ladi va natijada kasallik o‘sha kishiga yuqmaydi. Yoki, kasallik yuqishi uchun barcha sabablar mavjud bo‘lsa ham, Alloh izn bermasa, ular ortga chekinib, kasallik yuqmasligi ham mumkin. Ammo, biz sabablarni ishga solmasdan tavakkal qilishga buyurilmaganmiz. 

Ba’zilar Nabiy sollallohu alayhi va sallamning “لا عدوى ولا طيرة“ ya’ni: “advo (kasallik yuqishi) yo‘q, shumlanish ham yo‘q“ (Buxoriy: 5776-hadis), degan so‘zlarining zohirini ushlab, kasallik yuqmaydi, degan e’tiqodda yuradilar. Bu bir necha jihatdan xato tushuncha hisoblanadi. Chunki, hadisi sharifdagi “لا عدوى“ so‘zidan turli ma’no chiqishi mumkin.

1. Kasallik qandaydir mistik ravishda yuqishi haqidagi johiliy e’tiqoddan qaytarish. Johiliyat davrida odamlar kasallik o‘z xohshi bilan odam yoki hayvonlardan istalgan biriga yuqib oladi, degan buzuq aqidada edilar. Shunga ko‘ra, hadisi sharif mazkur botil tushunchani rad etgan, kasallikning mutlaq ma’noda yuqishini emas. Zero, kasallik yuqishi asrorangiz (ya’ni sirli) holat emas balki, u ilmiy jihatdan nihoyatda oddiy ochiqlamaga ega.

2. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam kasallik o‘z sababi topilganda Allohning izni bilan yuqishini inkor qilganlarida, vabo tarqalgan joyga bormaslikka va vabo tarqalgan joydan boshqa yoqqa qochib chiqmaslikka chaqirmagan bo‘lardilar.

3. Mazkur so‘z inkor emas balki, qaytariq ma’nosiga ega. Ya’ni, Nabiy alayhissalom sog‘lom hayvonlarni kasal hayvonlar orasida o‘tlatib, ulardagi kasallik bir-biriga o‘tishiga zamin yaratishdan qaytarganlar.

Xullas kalom, kasallik yuqishi ilm-fan taraqqiy etib, aniq isbotini topgandan so‘ng, bu masalada bir tomonlama fikrlab, kasallik mutlaq yuqmaydi, deb o‘ylash katta xatodir. Zero, yuqorida ko‘rganingiz kabi hadisning arabiy matni ham aynan shu ma’noga dalolat qilmaydi. Hadis davomida “ولا طيرة“ (shumlanish ham yo‘q) deyilishi ham ushbu so‘zni tasdiqlaydi. Zero, bu so‘z bilan shumlanish holatining tashqi olamda mavjudligi inkor qilinmayapti.

Axir, johiliyat arablarida shumlanish juda kuchli bo‘lgan. Balki, shumlanishdan qaytarilmoqda. Binobarin, hadis matni ko‘rinishdan nafiy (inkor) ammo, ma’nosi nahiy (qaytarish) bo‘lishi mumkin ekan. Shunday ekan, to, ilm-fan rivojlanib kasallik yuqishi o‘z ilmiy isbotini topgunga qadar hadisi sharifni zohiriga qarab tushungan va shunga ko‘ra izohlagan olimlarning so‘zlari bu o‘rinda hujjat qilinmaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан