Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Islom Karimovni sudga bergan Cho‘yan Mamatqulov to‘liq oqlandi
21.03.2020 15:33,  
7201

18 mart kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyat sudi apellyasiya instansiyasining ochiq sud majlisida O‘zbekiston Qurolli kuchlarining sobiq zaxiradagi ofitseri Cho‘yan Mamatqulovni oqladi, deya xabar qildi Oliy sud matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov.

Mamatqulovning qilmishida jinoyat tarkibi bo‘lmagani sababli sud avval unga qarshi ilgari surilgan barcha ayblovlarni olib tashladi. U odam o‘g‘rilash, zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish, O‘zbekiston konstitutsion tuzumiga tajovuz qilish, firibgarlik, hujjatlarni soxtalashtirish va boshqa jinoyatlarda aybdor deb topilgan. U reabilitatsiya yo‘li bilan oqlandi va unga qarshi jinoyat ishi to‘xtatildi.

Cho‘yan Mamatqulov
Foto:Twitter

Cho‘yan Mamatqulov (1970 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan) 2000 yilda Qurolli kuchlar safida o‘ziga noma’lum sabablar bilan ishdan bo‘shatilgan. 2004 yilda u O‘zbekiston Inson huquqlari jamiyatining Qashqadaryo bo‘limi a’zosi bo‘ldi. 2005 yilda prezident Islom Karimovga qarshi da’vo ochib, uni Qurolli kuchlar bosh qo‘mondoni sifatida 1996 yil 9 oktyabr kuni Qurolli kuchlar Intizom nizomini tasdiqlaganlikda ayblagan va harbiy xizmatchilar huquqlari buzilgani uchun bevosita mas’ul ekanini ilgari surgan.

Sud organlari turli bahonalar bilan huquq himoyachisining arizasini qabul qilmaydi.

2012 yil 29 avgust kuni Mamatqulov qamoqqa olinadi. 2013 yil 8 fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyat sudi Jinoyat kodeksining 137-moddasi 2-qismi «b», «v» bandlari bilan 6 yil, 138-moddasi 1-qismi bilan 1 yil, 238-moddasi 3-qismi bilan 3 yil, 159-moddasi 1-qismi bilan 4 yil, 244−1-moddasi 2-qismi bilan 4 yil, 228-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan 3 yil, 228-moddasi 3-qismi bilan 1 yil, 168-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan 2 yil, 25,273-moddasi 2-qismi bilan 5 yil, 59-moddasiga muvofiq 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

2018 yil 7 martda Oliy sud Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati qarori bilan jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyat sudining 2013 yil 8 fevraldagi hukmi o‘zgartirilgan va jazo muddati besh yilu ikki oyga qisqartirilgan.

2018 yil martida u tayinlangan jazo muddatini o‘tab bo‘lgani uchun jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilingan. Shu yilning dekabrida Oliy sud huquq himoyachisi bo‘yicha hukmning noqonuniyligini tan oldi va uning ishi apelyasiya sudiga yangidan ko‘rib chiqish uchun yuborildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан