Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Isroil hukumati mamlakatni to‘liq karantin holatiga o‘tkazishga tayyorlanmoqda
26.03.2020 17:42,  
230

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu koronavirus tufayli Isroilni to‘liq qamal qilishga ruxsat berdi. Bu haqda mahalliy telekanaldagi murojaatga tayanib RIA Novosti xabar bermoqda.

"Isroilda biz tashlagan qadamlar butun dunyoda amalga oshirilmoqda, ammo bu yetarli emas. Chunki koronavirus bilan kasallanganlar soni har uch kunda ikki baravar ko‘paymoqda. Keyingi ikki hafta ichida bizda minglab bemorlar bo‘lishi mumkin, ularning aksariyati o‘lim arafasida turibdi. Agar zudlik bilan bu jarayonni yaxshilanishi uchun chora ko‘rmasak, mamlakatni butunlay karantin qilishdan boshqa choramiz bo‘lmaydi", - dedi Netanyaxu.

Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat hukumati ham logistika ham huquqiy jihatdan allaqachon qamal rejimi uchun barcha zaruriy tayyorgarliklarni amalga oshirmoqda. Bosh vazir, shuningdek, inqiroz davrida siyosiy tafovutlarni kechiktirishga va milliy birlik hukumatini tuzishga chaqirdi.

Isroilda shu paytgacha 2 369 nafarda bemorda koronavirus holati aniqlangan, ulardan besh nafari vafot etgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан