Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Istanbul aeroportida qolib ketgan 200 nafar o‘zbekistonlikka yordam ko‘rsatildi
26.03.2020 15:47,  
451

Koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida O‘zbekiston 16 martdan e’tiboran xalqaro aviaqatnovlarni bekor qilgan edi. Shu sababli 200 nafarga yaqin O‘zbekiston fuqarosi bir necha kundirki Turkiyaning Istanbul shahridagi xalqaro aeroportda yashamoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘lovchilarning boradigan joylari bo‘lmagani uchun aeroportda qolishga majbur bo‘lyapti. Bu esa fuqarolarimizning toza suv, oziq-ovqat va sanitariya himoya mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini vujudga keltirdi.

Turkiyadagi o‘zbekistonlik talabalar jamiyatining Sof.Uz nashriga xabar berishicha, Turkiyaning Insoniy yordam fondi (IHH) aeroportida qolib ketgan barcha vatandoshlarimizni oziq-ovqat va tozalik mahsulotlari bilan beg‘araz ravishda ta’minladi. Agar yuqoridagi mahsulotlarga ehtiyoj tug‘ilsa, yana yetkazib berilishiga va’da berildi.

Eslatib o‘tamiz, xorij mamlakatlaridagi va og‘ir ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarolarining manfaatlarini himoya qilish maqsadida, prezident Shavkat Mirziyoyev ko‘rsatmasiga binoan Respublika maxsus komissiyasi fuqarolarni mamlakatga qaytarish bo‘yicha aviareyslar tashkillashtirmoqda.

Ma’lumot uchun, Turkiyada 26 mart kuni koronavirus bilan kasallanganlar soni 2 433 kishini tashkil qilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан