Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Iyul oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi 4% ga pasaydi
12.08.2020 17:32,  
46

2020 yilning iyul oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan oyga nisbatan 959 birlikka yoki 4,1% ga pasaydi. Indeks Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholandi.

Qayd etilishicha, 10 iyuldan 1 avgustgacha karantin choralarining kuchaytirilishi, shuningdek ushbu choralarning 15 avgustgacha uzaytirilishi ishbilarmonlik faolligiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatdi.

Joriy yilning iyul oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi nafaqat o‘tgan oyga nisbatan, balki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ham pasayganligi kuzatildi.

Manba: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

 

Pasayish quyidagi komponentlar o‘zgarishi bilan bog‘liq:

  • xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqalaridagi opreatsiyalar soni 7,8 foizga kamaygan;
  • faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bo‘yicha komponent 1,0 foizga oshgan;
  • tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 0,7 foizga oshgan;
  • tovar belgilari bo‘yicha komponent 62,4 foizga kamaygan.

Hududlar kesimida Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tgan oydagi kabi eng yuqori ko‘rsatkich qayd etilgan.

2020 yil iyul oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi respublikaning 10 ta hududida o‘tgan oyga nisbatan o‘sish kuzatilgan. Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi (33,4%), Surxondaryo (28,9%), Samarqand (15,7%), Buxoro (12,6%) va Xorazm (10,9%) viloyatlarida sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan.

Shu bilan birga, Andijon (6,0%), Sirdaryo (2,4%), Namangan (1,7%) viloyatlari hamda Toshkent shahrida (3,7%) o‘tgan oyga nisbatan pasayish kuzatilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан