Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Iyun oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi mo‘tadil darajada oshdi
11.07.2020 10:59,  
49

Joriy yilning iyun oyida ishbilarmonlik faolligi indeksi may oyiga nisbatan 6,8% ni tashkil etmoqda. Ushbu natija Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) tomonidan baholangan.

Ushbu o‘sish ko‘rsatkichiga quyidagilar sabab bo‘ldi:

  • xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqalaridagi opreatsiyalar soni 0,4 foizga oshgan;
  • faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bo‘yicha komponent 0,8 foizga oshgan;
  • tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 5,8 foizga kamaygan;
  • tovar belgilari bo‘yicha komponent 3,9 barobarga oshgan.

Shu bilan birga, 2020 yilning iyun oyidagi Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6% ga pasaygan. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi (37,1%), Navoiy (35,0%), Toshkent (35,3%) viloyatlarida hamda Toshkent shahrida (16,4%) sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan. Umuman olganda 9 ta hududda may oyiga nisbatan o‘sish kuzatilgan. 

Surxondaryo (16,8%), Xorazm (11,1%), Jizzax (9,6%), Qashqadaryo (9,0%) va Andijon (5,6%) viloyatlarida o‘tgan oyga nisbatan pasayish kuzatilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан