Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Janubiy Koreyada qancha O‘zbekiston fuqarosi bor?
17.02.2020 17:41,  
893

Janubiy Koreyada yashayotgan xorij fuqarolari soni o‘tgan yili 7 foizga o‘sdi va 2,5 millionga yetdi.

The Korea Times nashri mamlakat Adliya vazirligiga tayanib xabar berishicha, 2019 yil oxirida Janubiy Koreyada 2 million 524 ming 656 nafar xorijliklar ro‘yxatga olingan.

Bu Janubiy Koreyaning 51,6 millionlik aholisining 4,9 foizini tashkil qilishi ma’lum qilindi. Shuningdek, ularning 68,6 foizi uzoq muddat ushbu mamlakatda qoluvchi chet el rezidentlari hisoblansa, 31,4 foizi esa qisqa muddatga Koreyaga tashrif buyurgan shaxslar hisoblanadi.

Koreyada yashovchi xorijliklarning asosiy qismi Xitoydan bo‘lib, ularning soni 1 milliondan oshadi. Xitoydan kelganlarning 700 ming nafardan ortig‘i esa etnik koreyslardir.

Keyingi o‘rinlarda vetnamliklar — 224 mingdan ortiq, taylar -210 mingga yaqin, amerikaliklar — 157 ming atrofida, yaponlar — 86 mingdan ziyod, o‘zbekistonliklar — 75 mingdan ortiq, Filippin va Rossiya fuqarolari ham har biri 60 ming kishidan oshadi.

Noqonuniy ravishda mamlakatga kelib, istiqomat qilayotganlar soni deyarli 10 foizga o‘sgan: 390 ming 281 kishi.

Shuningdek, Janubiy Koreyada ta’lim olayotgan xorijlik talabalar orasida Xitoy 71 ming 719 talaba bilan birinchi o‘rinda, 57 mingdan ortiq talaba bilan Vetnam ikkinchi o‘rinda, 10 ming 499 talaba bilan O‘zbekiston uchinchi o‘rinda qayd etilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан