Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Janubiy Koreyadan yana bir bor insonparvarlik yordami yuborildi
21.08.2020 09:14,  
94

Koreya Respublikasidan navbatdagi insonparvarlik yordami O‘zbekistonga yetib keldi. 

Seuldan bortida insonparvarlik yuklari bilan uchgan charter reys Toshkentga mahalliy vaqt bilan 13:00 da qo‘ndi.

Bu safargi yuklar O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ular 150 xil tibbiy himoya vositalaridan iborat. Ularni Janubiy Koreyaning Yong‘in instituti vakillari o‘zbekistonlik hamkasblariga beg‘araz asosda taqdim etdi.

Koronavirus pandemiyasi davom etayotganiga qaramay, joriy yilning aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar ilmiy-tadqiqot instituti bilan Koreya Respublikasi Yong‘in instituti o‘rtasida memorandum imzolandi.

Shuningdek, 2021-2022 yillargacha ikki mamlakat o‘rtasida yong‘in xavfsizligi sohasida hamkorlik rejasi loyihasi tasdiqlanishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан