Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jizzaxda tug‘ilgan kun nishonlagan 2 kishida koronavirus aniqlangan
26.06.2020 15:40,  
229

Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, mamlakatimizning qator viloyatlarida, jumladan, «yashil» yoki «sariq» hududlarda ham aholi orasida favqulodda koronavirus qayd etilishi holatlarining kuzatilayotgani barchamizni hushyor torttirishi lozim.

Afsuski, kecha 276 holatda kasallik aniqlanib, rekord ko‘rsatkich qayd etildi. Shu kuni 24 nafar aholi orasida koronavirus aniqlanish holatlarini hududlar kesimida ko‘radigan bo‘lsak, Toshkent shahrida 17 nafar, Toshkent viloyatida 4 nafar, Jizzax viloyatida 2 nafar hamda Andijon viloyatida 1 nafarni tashkil etdi.

Jumladan, Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanida yashovchi Z.X.da, Qibray tumanida yashovchi 2 nafar fuqaroda (har ikki holatda ham tana harorati ko‘tarilganligi sababli namuna topshirgan), Parkent tumanida yashovchi Sh.A.da ham kasallik aniqlangan.

Shuningdek, Jizzax viloyati Sh.Rashidov va Jizzax tumanlarida yashovchi 2 nafar fuqaroda (Sh.Rashidov tumaniga tug‘ilgan kun nishonlashga borishgan, shundan so‘ng tana harorati ko‘tarilganligi sababli namuna topshirgan), Andijon viloyati Baliqchi tumanida yashovchi S.A.da (Rossiya harbiy kosmonavtlar akademiyasi talabasi. Shu yilning 12 may kuni Sankt-Peterburg shahridan charter reys bilan kelgan va 27 mayda karantin muassasasidan chiqqan) koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan.

"Yuqorida qayd etilgan holatlardan kelib chiqqan holda, Sog‘liqni saqlash vazirligi aholidan imkon qadar faol muloqotdan, turli tadbirlar o‘tkazishdan vaqtinchalik tiyilishlarini, va albatta, qo‘l berib salomlashish, quchoq ochib ko‘rishishmaslik, ozodalikka rioya qilish, sababsiz ko‘chaga chiqmaslik, ijtimoiy masofani saqlash, niqobni to‘g‘ri taqib yurish kabi karantin qoidalariga qat’iy rioya etib, bizga, shifokorlarga yordam berishingizni so‘rab qoladi.

O‘zingiz va atrofdagilarning sog‘ligiga beparvo bo‘lmang" - deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi axborotida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан