Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kecha 600 ga yaqin yangi koronavirus bemorlari va 7 ta o‘lim holati qayd etildi
12.09.2020 09:13,  
364

Shu yilning 11 sentyabr kuni mamlakatimizda 593 holatda kasallik qayd etildi. Bu haqda Sog‘likni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 5 nafar, Toshkent viloyatida 1 nafar hamda Qashqadaryo viloyatida 1 nafar, jami 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, kecha Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Namangan, Andijon, Qashqadaryo hamda Navoiy viloyatlarida jami 468 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 46 272 nafar bemordan 43 023 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 869 nafar bemordan 475 nafari og‘ir, 228 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан