Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koreyadagi 100 nafar O‘zbekiston fuqarosi bepul sug‘urtalanadi
23.04.2020 12:26,  
136

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot kotibi Ortiqxo‘ja Norovning ma’lum qilishicha, Agentlikning Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi va “Probest” moliyaviy korporatsiyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandumi imzolangan.

Memorandumga asosan “Probest” moliyaviy korporatsiyasi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasi Kvangju shahridagi vakolatxonasi tavsiyasiga binoan, Koreya Respublikasida bo‘lib turgan 100 nafar O‘zbekiston fuqarosi uchun 13 oy davomida hech qanday to‘lovsiz keyinchalik uzaytirish imkoniyati bo‘lgan tibbiy sug‘urta bo‘yicha homiylik qiladi.

Sug‘urta Vakolatxona tomonidan tavsiya etilgan shaxslarga rasmiylashtiriladi.

1-bosqichda har bir fuqaro uchun taxminan 150 ming vondan 200 ming vongacha mablag‘ sarflanishi ko‘zda tutilgan.

Mazkur sug‘urtani rasmiylashtirish uchun Vakolatxona ofisiga tashrif buyurish va pasport, ID-karta va bank hisob raqami kitobchasini olib kelish lozim.

Ma’lum qilinishicha, sug‘urta bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasi Kvangju shahridagi vakolatxonasiga quyidagi raqamlar orqali murojaat etish mumkin:

  • 070 4252 2772 (o‘zbek tilida),
  • 062 962 0201 (rus tilida)

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан