Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus Afg‘oniston va Kuvaytga kirib keldi
24.02.2020 14:59,  
5724

Koronavirusni yuqtirish bilan bog‘liq holat ilk bor Afg‘oniston va Kuvaytda kuzatildi.

Kuvayt sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Erondan vaytgan uch fuqaroda koronavirusni aniqlangan.

Afg‘oniston sog‘liqni saqlash vaziri Firuziddin Firuzning ta’kidlashicha, mamlakat ilk bor COVID-19 virusini yuqtirgan shaxs qayd etildi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, bemor Hirot viloyatidan. Hirotda favqulodda holat e’lon qilindi.

Hirotdagi koronavirus Eronning Qum shahridan qaytgan mahalliy fuqaroda topilgani gumon qilinyapti. Qum hozirda Eron hamda Yaqin Sharqdagi koronavirusning asosiy o‘chog‘i bo‘lib turibdi. 

Avvalroq Hirot viloyati sog‘liqni saqlash saqlash boshqarmasi boshlig‘i Ahmad Amir Najod Qumdan qaytgan uch nafar afg‘onistonlikda koronavirus belgilari borligini ma’lum qilgan edi.

Shu bilan birga, Qumdan qaytgan yana 36 nafar fuqaro tekshiruvga yuborilgan. Biroq ularda virus belgilari sezilmagan.

Mavzuga doir: Koronavirus sababli Turkiya, Armaniston va Pokiston Eron bilan chegaralarini yopdi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан