Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus avj olishiga qaramay Meksika qator tarmoqlarni qaytadan ochmoqda
19.05.2020 14:31,  
71

Meksika dushanba kuni avtomobilsozlik, tog‘-kon sanoati va qurilish sohalarida faoliyatlarni qayta boshlash uchun ruxsat berdi, bu COVID-19 pandemiyasidan kelib chiqadigan milliy xarajatlar va xavfli ish joylari bilan bog‘liq xavotirlarga qaramay iqtisodiyotni qayta tiklashga yordam beradi.

Mamlakatda koronavirus yuqish holati ortib borayotgan bir vaqtda Meksikaning qayta ochilish rejalari ba’zi siyosatchilar tomonidan tanqid qilindi.

Karantindan chiqish uchun firma rahbari mahalliy hukumatga tibbiy protokol topshirishi kerak. Keyingi 72 soat mobaynida hukumat ruxsat berish-bermasligini ma’lum qiladi.

Meksikaning markazidagi Silao shahridagi eng muhim zavodlaridan birini boshqaradigan General Motors, u yerdagi ishchilarga chorshanba kuni ishga qaytishga tayyorlanishlarini aytdi. GM shuningdek, meksikalik yetkazib beruvchilarga kompaniyaning yangi qoidalarga tezda rioya qilishlarini kutishlarini aytdi.

Sobiq GM ishchilaridan tashkil topgan faollar dushanba kuni ishchilar tomonidan tanlangan mustaqil qo‘mitani kompaniya zavodlarini tegishli sanitariya qoidalari tekshirilishini talab qildi.

"Biz ularni jiddiy choralar ko‘rayapti deb o‘ylamaymiz", - dedi o‘tgan yili mustaqil ittifoq tuzishga harakat qilganidan keyin ishdan bo‘shatilgan Isroil Servantes. 

Silao xodimlariga yuborilgan videoda GM ishchilarda har kuni kirishda COVID-19 alomatlari tekshirilishi va har doim kiyib yurishlari uchun niqob va ko‘zoynaklar berilishi aytilgan.

Hozirda Meksikada 51 633 ta koronavirus holati qayd etilgan. Ulardan qariyb 5300 tasi o‘lim bilan yakunlangan.

Xabarda aytilishicha, karantin qoidalarining yumshatilishi AQSh tomoni bosimi bilan yuz bermoqda. Dushanba kuni asta-sekinlik bilan Amerika avtosanoati ham tiklanishni boshlagan. Meksika bu sanoatga qator ehtiyot qismlar yetkazib berish bo‘yicha yetakchi sanaladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан