Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus bemorlarining karantin muddati 10 kunga qisqartirildi va yangi tartiblar belgilandi
8.07.2020 15:50,  
605

Avval xabar qilganimizdek, Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, 2020 yil 10 iyuldan 2020 yil 1 avgustga qadar respublika miqyosida quyidagi karantin cheklovlari joriy etildi.

Ma’lumki, Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 30 iyundagi qarori bilan shifoxonalarda va uy sharoitida davolanayotgan kasallik alomatlarsiz yengil shaklda kechayotgan bemorlarni 10 kun muddatda klinik belgilari kuzatilmagan taqdirda nazoratdan chiqarish amaliyoti joriy etilgan edi.

Shuningdek, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan bemorlar bilan aloqada bo‘lgan shaxslarni karantinda saqlashning quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibi joriy etildi:

- koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan bemorlar bilan aloqada bo‘lgan shaxslar uy sharoitida karantinda saqlanadi;

- karantinda saqlash muddati 14 kundan 10 kunga qisqartiriladi hamda 10 kun muddatda koronavirus infeksiyasini aniqlash bo‘yicha test natijalari manfiy bo‘lgan taqdirda karantindan chiqariladi;

- test natijalari musbat bo‘lgan taqdirda, bemorda koronavirus infeksiyasining klinik belgilari kuzatilsa, shifoxonaga joylashtiriladi, kasallik alomatlarsiz o‘tayotgan bo‘lsa, uy sharoitida davolanishga o‘tkaziladi (uy sharoitida davolashning imkoni bo‘lmasa, belgilangan tartibda tibbiyot muassasasida davolashga o‘tkaziladi).
Kasallik alomatlarsiz yengil shaklda kechayotgan bemorlarni uy sharoitida davolash, shuningdek, bemorlar bilan aloqada bo‘lganlarni uy sharoitida karantinga olish tartibi joriy etilishi munosabati bilan Respublika maxsus komissiyasining qarorida quyidagilar belgilandi:

- uy sharoitida davolanayotgan bemorlar hamda bemorlar bilan aloqada bo‘lib, uy sharoitida karantinga olingan shaxslarning doimiy tibbiy nazoratda bo‘lishi belgilandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан