Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus: Eron epidemiya bilan qanday kurashyapti?
27.02.2020 20:50,  
1343

Eronda koronavirusdan zararlanish holatlari shiddat bilan o‘sib borishi manzarasida hukumat unga qarshi qanday choralar ko‘rayotgani tashvishlarga sabab bo‘lyapti. 

Bi-Bi-Si Fors xizmati Eronda nimalar bo‘layotganiga oydinlik kiritishga urindi

Qancha odam kasallangan bo‘lishi mumkin?

Koronavirusdan kasallanganlar o‘limi bo‘yicha Eron Xitoydan keyingi ikkinchi o‘ringa chiqdi, ayni paytda mamlakatda 26 kishi shu sababdan vafot etgani rasman tasdiqlandi. Shuningdek, kasallanganlar soni ham oshib boryapti: 245 kishi. Ammo haqiqiy raqamlar e’lon qilinganidan ancha ko‘p bo‘lishi mumkin, degan taxminlar bor.  

Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) jamoasi shu hafta oxirida Eronga borib vaziyatni o‘rganadi va yordam yetkazib berishga harakat qiladi.  

Virus tarqalgan hududlarda karantin cheklovlari joriy etilganmi?

Eron prezidenti Hasan ruhoniy shahar va qishloqlarda karantin joriy etilmasligini aytdi. Uning fikricha, ksallanganlarning o‘zini karantinga olish yetarli. 

Epidemiya o‘chog‘i bo‘lgan shialar uchun muqaddas shahar Qumda ziyoratgohlar haligacha ochiq turibdi. Masalan, ulardan biri har yili millionlab shia zayoratchilari keladigan Hazrat Ma’suma maqbarasidir. 

Odamlarga zarur bo‘lmagan yig‘ilishlardan chetlanish va Qum shahriga safar qilmaslik tavsiya etilgan. Biroq shahardagi diniy qadamjolar yopib qo‘yilmagan.   

Rasmiy IRNA axborot agentligiga ko‘ra Qum shahrida 63, poytaxt Tehronda 26 va G‘ilon viloyatida 17 kishi virus bilan kasallangan. Biroq bu raqamlarning haqiqiyligi shubha ostiga olinyapti. Kuzatuvchilar o‘lim darajasi yuqori bo‘lgan vaziyatda kasallikka chalinganlarning soni bir necha baravar ko‘pligiga ishonadi.

 

Hazrat Ma’suma maqbarasining xodimi aytishicha, odamlar bu yerga ruhiy madad va shifo ilinjida keladi. Shuning uchun ham uni yopib qo‘yib bo‘lmaydi. 

“Maqbaralarni yopish diniy peshvolar uchun og‘ir qaror. Shu sababli toki xalqaro bosim bo‘lmas ekan, ular bunga qo‘l urishmaydi”, deydi Bi-Bi-Si Fors xizmatidan Rana Rahimpur. 

Tehron politsiyasi shahar bo‘ylab chilim chekiladigan qahvaxonalar va choyxonalar faoliyatini taqiqladi. Bu qahvaxonalarda chilimni jamoaviy bo‘lib chekishadi, bir kishi undan tortib bo‘lgach, boshqasiga uzatadi. 

Koronavirus bilan kasallanganlar aniqlangan viloyatlarda maktab va universitetlar yopilgan, sport o‘yinlari, san’at galereyasi ochilishi va film premeralari bekor qilingan.

Sog‘liqni saqlash vaziri bu mintaqalarda Juma namozi ham o‘qilmasligini aytgan. 

Mish-mish tarqatganlik uchun javobgarlik

Eron politsiyasi 24 kishini “Internetda koronavirus haqida mish-mish tarqatganligi uchun” hibsga oldi. 

Yana 118 kishi bilan esa “suhbatlashilib, ogohlantirish bilan” qo‘yib yuborilgan. Bu haqja Eron kiberpolitsiya kuchlari rahbari Vohid Majid xabar qilgan. 

Eron yetarli tibbiy jihozlarga egami?

JSST Eronni tashxis uskunalari va sog‘liqni saqlash sohasi xodimlari uchun himoya jihozlari bilan ta’minlayapti. 

Eron Sog‘liqni saqlash vazirligi vakilining aytishicha JSST yaqin orada yana 4 ta konteynerda kerakli jihozlarni jo‘natadi. 

Ko‘plab eronliklar esa tibbiy uskunalarning yetishmasligidan xavotirda. Mamlakatga tibbiy jihozlar olib keluvchi tadbirkorga ko‘ra AQSh tomonidan qo‘yilgan sanksiyalar tufayli koronavirusni aniqlash uchun zarur bo‘lgan uskunalarni sotib ololmay qolgan. 

“Ko‘plab xalqaro tashkilotlar Eronni koronavirusni aniqlab beruvchi jihoz bilan ta’minlashga tayyor, biroq biz ularni xarid qilish uchun pul jo‘nata olmaymiz”, deydi Eron Tibbiy uskunalar importchilari uyushmasi vakili Ramin Falloh. 

AQSh o‘zi tomonidan qo‘yilgan sanksiyalar Eronga tibbiy jihozlarni import qilishiga to‘siq bo‘layotganini rad etib, insonparvarlik yuklari uchun istisno borligina aytadi. Biroq Eron tomoniga ko‘ra mamlakat kompaniyalari AQSh sanksiyalari tufayli kerakli jihozlarga pul to‘lashda qiynalyapti, banklar AQSh o‘rnatgan qoidalarni buzib qo‘ymaslik uchun eronliklar bilan ishlashni istamayapti. 

Eron hukumati koronavirus bilan kasallanganlar soni ikki yuzdan ortib ketganini tasdiqlagan ©️ EPA

 

Tibbiy niqoblar borasida vaziyat qanday?

Koronavirus epidemiyasi tarqalgan boshqa mamlakatlarda bo‘lgani kabi eronliklar ham dorixonalar oldida navbatda turib tibbiy niqob, dizenfeksiyalovchi gel va purkagichlarni g‘amlab qo‘yishga harakat qilyapti. 

Bu mahsulotlarning narxi har doimgidan 10 baravarga oshib ketgan. 

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining ba’zilari bir necha hafta oldin Xitoyga millionlab niqob ehson qilingani tibbiy niqoblarning yetishmasligiga sabab bo‘lganini bildirgan. O‘shanda IRNA axborot agentligi Eron Xitoyga “ikki davlat o‘rtasidagi uzoq muddatli va an’anaviy do‘stlik belgisi sifatida” 3 million dona yuz niqoblarini beg‘araz yordam sifatida jo‘natganini aytgandi. 

Bundan tashqari, mahalliy axborot agenliklariga ko‘ra Xitoy kompaniyalari juda katta miqdorda Eronda ishlab chiqarilgan tibbiy niqoblarni sotib olayotgani mahalliy bozorda tanqislikni keltirib chiqaryapti. 

Eron hukumati hozirda tibbiy niqoblarni eksport qilish 3 oyga taqiqlanganini xabar qilib, mamlakatdagi zavodlarga ishlab chiqarishni oshirish to‘g‘risida ko‘rsatma berdi.

Pokiston Eron bilan o‘rtadagi janubi-g‘arbiy chegaralarini yopdi ©️ GETTY IMAGES

 

Odamlar mamlakatni tark etyaptimi?

Eron xorijga safar qilishni taqiqlamagan, biroq uning qo‘shnilari bo‘lgan Turkiya, Pokiston va Iroq allaqachon o‘z chegaralarini eronliklar uchun yopib bo‘ldi. 

Turkiya va Birlashgan Arab Amirliklari Eron bilan havo qatnovlarini to‘xtatdi. 

Bu yo‘nalishlar neftdan boshqa eksport mahsulotlari uchun asosiy yo‘l hisoblanadi va ularning yopiilishi natijasida Eron iqtisodiyoti katta zarar ko‘rishi mumkin. 

Eron hukumati 2 fevral kuni Xitoy bilan havo qatnovi to‘xtatilgani haqida aytgandi. 

Shunga qaramay, havo qatnovlarini kuzatib boruvchi onlayn xizmatlar o‘shandan buyon Eron va Xitoy o‘rtasida kamida 9 ta parvoz amalga oshirilganini xabar qilgan.  

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан