Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbek segmentida tarqalgan koronavirus haqidagi 7 yolg‘on
26.03.2020 17:27,  
1193

O‘zbekistonda soxta axborotlarga raddiyalar uchun Antifake.uz deb nomlangan Telegram kanal tashkil etildi. Kanalda asosan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan koronavirus bilan bog‘liq feyk xabarlar haqida ma’lumot berilmoqda.

Kanalda so‘nggi kunlarda tarqatilyotgan quyidagi xabarlaga raddiya berilgan:

“5 apreldan O‘zbekiston bo‘ylab barcha aeroportlar o‘z ish faoliyatini tiklaydi” — YoLG‘ON.

“Tadbirkor Fattoh Shodiyev O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash uchun 200 mln. dollar miqdorida moliyaviy yordam berdi” — YoLG‘ON.

“24 martdan boshlab 2 oy mobil aloqa, internetlar mutlaqo bepul” — YoLG‘ON.

“Zanjabil (imbir) iste’mol qilib yuradigan kishilarga koronavirus yuqmaydi” — YoLG‘ON.

“Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘ida ishlovchi xodim koronavirusga chalindi” — YoLG‘ON.

“Koronavirusning davosi topildi” — YoLG‘ON.

“Salqin ichimliklar ishlab chiqaruvchilar tomonidan koronavirus infeksiyasi ataylab tarqatilyapti” — YoLG‘ON.

Eslatib o‘tamiz, aholi o‘rtasida vahima tarqatganlik uchun javobgarlik mavjud.

Mavzuga doir: Putin 800 ta sherni tashqariga qo‘yib yubordi — koronavirus bo‘yicha asosiy feyklar (Rossiya)

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан