Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirus infeksiyasining agressivligi mart oyiga qaraganda pasaydimi?
8.06.2020 15:32,  
437

Avval ma’lum qilinganidek, bugun AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidlemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Unda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi:

Savol: Vodiylikmiz, Zomin sanatoriysiga yo‘llanma olganmiz. Shaxsiy mashinada borsak bo‘ladimi?

Javob: Agar «putyovka»ngizda pasport ma’lumotlari, Zomin sanatoriysida davolanish uchun shifokor tomonidan berilgan sanator-kurort kartasi hamda 3 kun oldin koronavirusga topshirilgan test natijalari ko‘rsatmalari bo‘lsa, bemalol borishingiz mumkin.

Savol: Yevropalik mutaxassislar koronavirus infeksiyasining agressivligi mart oyiga qaraganda havo isishi tufayli pasayganini aytishmoqda. O‘zbekistonda ahvol qanday?

Javob: Boshqa davlatlardaki kabi O‘zbekistonda ham kasallik birmuncha kamayganini kundalik kuzatuvlardan ko‘rib boryapmiz. Bunga virus agressivligining pasayishi emas, aksincha insonlarda shu virusga nisbatan «o‘zini-o‘zi himoya qilish» ya’ni kurashish qobiliyati paydo bo‘lgani va virusga nisbatan betinim olib borilayotgan karantin choralari sabab bo‘lmoqda.

Ob-havoning isib ketishi ham qaysidir darajada ta’sir etgan bo‘lishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан