Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirusdan sog‘aygan bemorlar yana 90 kun davomida virus tarqatuvchi bo‘ladimi?
21.09.2020 16:52,  
693

Savol: Koronavirus bilan kasallanib sog‘aygan bemorlar yana 90 kun davomida virus tarqatuvchi bo‘lishi mumkin ekan. Bu ma’lumot qanchalik rost?

Sevara Ubaydullayeva, Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi:

Javob: Amerika Qo‘shma Shtatlari olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra ham COVID-19 kasalligini o‘tkazgan ba’zi insonlar organizmidagi qon tarkibida 90 kungacha virus aylanib yurishi tasdiqlangan.

Bu davrda inson tarqatuvchi sifatida bo‘lib yurishi haqida bir necha olimlar yozmoqda, lekin bu ma’lumotlar to‘liq tasdiqlanmagan. Lekin kasallikni o‘rta og‘ir, og‘ir va o‘ta og‘ir kechirayotgan bemorlar bir oy va undan ko‘p muddat kasallik jarayonini kechirmoqda, bu inson organizmiga tushgan virus yuklamasi, unga nisbatan organizmning javob reaksiyalariga ham bog‘liqdir.

Bugungi kunda, virus tarqatuvchanligi, kasallik organizmda keltirib chiqaruvchi alomatlari, inson organizmining javob reaksiyasi, kasallik asoratlanishi va reabilitatsiya jarayoni bo‘yicha shifokorlar va olimlar doimiy ravishda izlanishlar olib bormoqda.

Bu esa, yana bir bora, kasallangan bemorlarni alohidalanishi, yaqinlari, farzandlari va ota-onalari bilan borish-kelishni kamaytirishlari, umuman uydan tashqariga chiqishni cheklashlari kerakligini bildiradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан