Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirusdan vafot etganlar faqatgina mutaxassislar nazoratida dafn etiladi
17.08.2020 09:36,  
325

Sog‘liqni saqlash vaziri matbuot kotibi Furqat Sanayev internetda shifoxonada vafot etgan bemorlarning jasadini yaqinlariga topshirish jarayoniga oid tarqalgan mish-mishlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qildi:

Bemor vafot etgan taqdirda hech qachon biror shifokor uni shunday chiqarib yaqinlariga berib yubora olmaydi. Bunday holat yuz bergan taqdirda o‘sha xodimga nisbatan chora ko‘riladi.

—Birinchidan, jasadni uning yaqinlariga berish jarayoniga davolovchi shifokor aralashmaydi. Ikkinchidan, barcha ishlar patologik anatomiya muassasasida belgilangan tartibda bajariladi. Qolaversa, muassasa xodimi jasadni o‘rashdan oldin, albatta uning yuzini yaqinlariga ko‘rsatib, aniqlik kiritadi. Barcha jarayonlar hujjatda to‘la aks etadi, — deydi Respublika patologik anatomiya markazi direktori, professor Rajabboy Isroilov.

Hozirgi kunda koronavirusdan vafot etgan bemorlarni dafn etish jarayonlari Favqulodda vaziyatlar vazirligi  va Respublika sanitariya epidemiologik osoyishtalik agentligi xodimlari ishtirokida amalga oshiriladi.

Vazirlik mutasaddi vakili pandemiyani bartaraf etish uchun mamlakatimiz rahbariyati va sog‘liqni saqlash tizimi tomonidan zarur bo‘lgan barcha choralar ko‘rilayotgani, shunday sharoitda yurtdoshlarimizni turli asossiz xabarlarga ishonib qolmaslikka chaqirgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан