Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirusga qarshi hind vaksinasi 2021 yil iyunida tayyor bo‘ladi
26.10.2020 12:13,  
328

Covaxin koronavirusiga qarshi vaksinani sinovdan o‘tkazayotgan Hindistonning Bharat Biotech kompaniyasi 2021 yil iyungacha tayyor bo‘lishini kutmoqda.

"Agar biz kerakli tasdiqni olsak, menimcha, 2021 yilning ikkinchi choragida, masalan, aprel, may, iyun oylarida klinik sinovlarning uchinchi bosqichi samaradorligi to‘g‘risida ma’lumot olamiz. Biz barcha klinik sinovlarni - birinchi, ikkinchi va uchinchi bosqichlarni o‘tkazish niyatidamiz. Bu bosqichlar to‘liq bo‘ladi, ammo menimcha, hukumat favqulodda vaziyatlarda foydalanishga ruxsat berishni ham o‘ylashi mumkin", - deya kompaniyaning ijrochi direktori Say Prasadning so‘zlarini keltirgan Indian Express.

Hindistonda uchta koronavirus vaksinasi sinovdan o‘tkazilmoqda - Bharat Biotech va Zydus Cadila o‘zlarining Covaxin va ZycovD vaksinalarini sinovdan o‘tkazmoqdalar. Hindistonning Serum instituti Oksford universiteti tomonidan ishlab chiqilgan ChAdOx1 koronavirusga qarshi emlashning ikkinchi bosqichini 17 tibbiy markazda o‘tkazmoqda va uchinchisiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Unda 1,6 ming kishi ishtirok etishi kutilmoqda. Hindistonning Serum instituti COVID-19 ga qarshi vaktsinani ishlab chiqarish bo‘yicha beshta xalqaro farmatsevtika kompaniyasi bilan hamkorlik qilmoqda, jumladan AstraZeneca va Novavax.

Shuningdek, mamlakat rasmiylari Dr. Reddy's hind farmatsevtika kompaniyasi va Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya fondiga Hindistonda Sputnik V vaksinasini II va III bosqichlarida klinik sinovlarni o‘tkazish uchun ruxsat bergan.

Hindiston koronavirus bilan kasallanish soni bo‘yicha dunyoda AQShdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан