Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koronavirusni qayta yuqtirish holati qayd etildi. Kasallanganlar va qurbonlar soni oshib bormoqda
22.02.2020 14:51,  
1525

Xitoyning Sichuan provinsiyasida koronavirusni qayta yuqtirish holati aniqlandi, deb xabar beradi People's Daily.

Ushbu bemor yanvar oyining boshida shifoxonadan chiqarilgan edi, deb yozadi gazeta. Chiqib ketganidan keyin u uy karantinida bo‘lgan va hech qayerga chiqmagan. O‘n kun o‘tgach, unda virusli nuklein kislotani aniqlash uchun qayta tekshiruv o‘tkazildi va natijasi ijobiy natija chiqdi. Bemor va uning oilasi tegishli tuzilmalar tomonidan olib ketilgan, uylari dezinfeksiya qilindi.

Ma’lumot uchun, so‘nggi bir sutka ichida Xitoyda 109 kishi COVID-19 koronavirus infeksiyasi tufayli kelib chiqqan kasallik oqibatida vafot etdi. Mamlakatda vafot etganlarning umumiy soni 2345 kishini tashkil qildi.

Honkong, Makao va Tayvanda jami 104ta kasallanish holati aniqlandi.

SMPC ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab kasallanganlar soni 76 806 kishiga yetdi. Ulardan 727tasi Yaponiyada, 208ta — Janubiy Koreyada, 86ta — Singapurda, 35ta — Tailandda, 22ta — Malayziyada aniqlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан