Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Korrupsiyaga moyil 50 dan ortiq rahbar tizimdan bo‘shatildi – Bosh prokuror
28.08.2020 17:18,  
702

Bir yil davomida prokuratura organlaridan korrupsiyaga moyil 213 nafar, jumladan 50 dan ortiq rahbar xodim ishdan bo‘shatildi. Jinoyatga qo‘l urgan 31 nafar xodim jinoiy javobgarlikka tortildi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev ma’lum qildi.

"Nazorat tadbirlari davomida 136 ta holatda 16 mlrd. so‘mdan ortiq ish haqi, nafaqa va ularga tenglashtirilgan to‘lovlar uchun ajratilgan byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi. Qo‘pol qonunbuzilish holatlari yuzasidan 136 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, 5 mlrd. so‘mlikdan ortiq yetkazilgan zararlar ixtiyoriy qoplandi, sudlarga qiymati 19 mlrd. so‘mlikdan ziyod 4 mingga yaqin da’vo arizalari kiritildi va qariyb 14 mlrd. so‘m undirildi.

Tadbirkorlar huquqlariga rioya etmagan 925 nafar mansabdor shaxs intizomiy va ma’muriy javobgarlikka tortildi, 514 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Nazorat tadbirlarida 22 mlrd. so‘mlik don, 63 mlrd. so‘mlik paxta xom-ashyosi, 3 mlrd. so‘mlik mineral o‘g‘it, irrigatsiya tadbirlari uchun ajratilgan 1,7 mlrd. so‘mlik byudjet mablag‘lari talon-toroj qilinganligi aniqlanib, qonuniy choralar ko‘rildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan yashirin iqtisodiyotga chek qo‘yish, byudjet mablag‘lari talon-toroj qilinishining oldini olish choralari ko‘rildi. Hamkor tuzilmalar bilan olib borilgan ishlar natijasida 2019 yilning 2-yarmi va joriy yilning o‘tgan davrida 2.400 tadan ziyod ma’muriy huquqbuzarlik va 3.400 taga yaqin jinoyat fosh etildi. Xususan, 357 ta soliqdan bo‘yin tovlash bilan bog‘liq jinoyatlar aniqlanib, jami 1.662 mlrd. so‘m qo‘shimcha soliq hisoblandi va 623,7 mlrd. so‘mi byudjetga undirildi" - deydi Bosh prokuror.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан