Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Magistraturaga har bir viloyatdagi maxsus hududlarda onlayn imtihon topshirishi mumkin bo‘ladi
12.08.2020 17:31,  
200

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov magistratura imtihonlari haqida quyidagilarni ma’lum qildi:

«Magistraturaga hujjat topshirgan talabgorlar har bir viloyatda tashkil qilinadigan maxsus hududlarda onlayn imtihon topshirishi mumkin bo‘ladi. Bunda abituriyentning Toshkent shahriga kelishi shart bo‘lmaydi.

Magistratura imtihonlari bakalaviriyatga test sinovlari o‘tkazilayotgan muddatlarda tegishli sharoitlar yaratilgan, barcha xavfsizlik chorlari, jumladan axborot xavfsizligi ta’minlangan tizim orqali joylarda onlayn tartibda o‘tkazilishiga hozirlik ko‘rilmoqda».

«Magistraturaga hujjat topshirgan abituriyentlar qaysi OTMni tanlaganidan qat’iy nazar har bir viloyatda tashkil qilingan maxsus joyda kompyuter orqali onlayn tarzda test topshirig‘ini bajaradi.

Yo‘nalishlar bo‘yicha tayanch OTM testni ishlab chiqadi va testlarning maxfiyligi ta’minlanadi. O‘sha yo‘nalish bo‘yicha hujjat topshirgan talabgorlar qaysi oliy ta’lim muassasasini tanlaganidan qat’iy nazar bir xil testni ishlaydi. Masalan, pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha turli OTM talabalari uchun testlar bir xil bo‘ladi.

Ko‘pchilik odamlar magistratura imtihonlari onlayn bo‘lishi haqidagi ma’lumotni noto‘g‘ri tushunib, hamma o‘zi xohlagan joyda test sinovlarini bajarishi mumkin, deb o‘yladi. Lekin bunday qilinsa, shaffoflikni ta’minlashning imkoni bo‘lmaydi. Shuning uchun imtihon uchun maxsus joy tashkil qilinadi» - dedi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mas’ul xodimi Bahriddin Shayvaliyev.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан