Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Moskvadan O‘zbekiston viloyatlariga repatriatsiya aviaqatnovlari amalga oshiriladi
30.09.2020 09:48,  
416

«Uzbekistan Airways» Moskvadan O‘zbekiston viloyatlariga repatriatsiya qatnovlarini amalga oshiradi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi. 

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga Vatanga qaytib kelishida qulay sharoitlar yaratish maqsadida «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi Moskva shahri Vnukovo aeroportidan Andijon, Urganch, Buxoro, Termiz, Samarqand, Farg‘ona, Namangan shaharlariga 5 – 10 oktyabr kunlari quyidagi yo‘nalishlarda repatriatsiya qatnovlarini amalga oshirishni rejalashtirmoqda (parvoz soatlari mahalliy vaqt bilan ko‘rsatilgan):

5 oktyabr

HY3622 Moskva – Andijon 09:40/15:55

HY3616 Moskva – Urganch 21:40/03:15

6 oktyabr

HY3608 Moskva – Buxoro 08:10/14:05

HY3610 Moskva – Termiz 21:00/03:15

7 oktyabr

HY3606 Moskva – Samarqand 09:20/15:20

HY3616 Moskva – Urganch 20:35/02:10

8 oktyabr

HY3628 Moskva – Farg‘ona 07:05/13:20

HY3628 Moskva – Samarqand 21:00/03:00

9 oktyabr

HY3622 Moskva – Andijon 08:50/15:05

HY3608 Moskva – Buxoro 20:50/02:45

10 oktyabr

HY3620 Moskva – Namangan 07:50/14:10

Ma’lum qilinishicha, ushbu qatnovlardan faqat COVID-19 PZR – testining (PZR testi qatnovdan 72 soat oldin amalga oshirilishi kerak) manfiy natijasi haqidagi ma’lumotnomaga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari foydalanishi mumkin. PZR ma’lumotnomasi bo‘lmagan yo‘lovchilar aviakompaniya qatnovlariga qo‘yilmaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан