Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Muhojirlar Yevropa chegaralarini qanday kesib o‘tmoqda? (fotoreportaj)
3.03.2020 11:56,  
576

Yaqin Sharq, Osiyo va afrikalik minglab qochqinlar Bolgariya va Gretsiya chegarasida Yevropa Ittifoqiga o‘tib olish ilinjida harakat qilmoqdalar. 

1 mart holatiga ko‘ra, Turkiya suriyalik qochqinlar uchun Yevropa Ittifoqi chegarasini ochib yuborgach, mamlakat chegarasini 76 ming suriyalik muhojir kesib o‘tgan edi.

Muhojirlar uchun turk chegaralari ochilishi haqida prezident Rajab Tayyib Erdo‘g‘an 29 fevralda aytib o‘tgan edi. O‘shanda uni 18 ming kishi kesib o‘tgan.

Shu vaqtga qadar suriyalik muhojirlar Yevropa mamlakatlariga Turkiya chegarasi orqali o‘ta olmas edi. 2016 yilda Turkiya va YeI o‘rtasida imzolangan €6 mlrdlik shartnomaga muvofiq, Turkiya qochqinlarni o‘z chegaralarida saqlab turishi kerak edi.

Mavzuga doir: Turkiya chegarasi ochilgach YeIga o‘n minglab suriyalik qochqinlar “oqib ketdi”

Foto: Alexandros Avramidis/Reuters
Turkiya-Gretsiya chegarasidagi muhojirlar

 

Foto: Huseyin Aldemir/Reuters
Muhojirlar chegaraga yaqinlashmoqda

 

Foto: Marko Djurica/Reuters
Muhojirlar Maritsa daryosini kechib o‘tmoqda

 

Foto: Alexandros Avramidis/Reuters
Turkiya-Gretsiya chegarasidagi muhojirlar

 

Foto: Alexandros Avramidis/Reuters
Grek askarlari Turkiya bilan chegarani qo‘shimcha simto‘siqlar bilan o‘ramoqda

 

Foto: Marko Djurica/Reuters
Muhojirlar Maritsa daryosini kechib o‘tmoqda

 

Foto: Alexandros Avramidis/Reuters
Kastaniyes o‘tkazuv punktidagi politsiya

 

Foto: Marko Djurica/Reuters
Pokistonlik muhojirlar Ipsala chegara-o‘tkazuv punktida

 

Foto: Murad Sezer/Reuters
Bangladeshlik muhojir Ipsala chegara-o‘tkazuv punktida

 

Foto: Umit Bektas/Reuters
Turkiya-Gretsiya chegarasidagi muhojirlar lageri

 

Foto: Marko Djurica/Reuters
Turkiya-Gretsiya chegarasidagi muhojir

 

Foto: Reuters
Kastaniyes chegara-o‘tkazuv punkti

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан