Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mutaxassis Toshkentda topilgan 1 mln dollarlik xazina sirini ma’lum qildi
21.01.2019 16:12,  
28

San’atshunos Sergey Zagrayevskiy O‘zbekistonda topilgan va qiymati 1 million dollarga baholanayotgan xazina tarixini so‘zlab berdi, deb yozadi «Anhor.uz».

Xazinadagi ko‘plab predmetlar bundan 80 yil avval yo‘qolgani aytilgan.

Mutaxassisning fikriga ko‘ra, xazinaning asosiy qismini knyaz Nikolay Konstantinovich Romanov kolleksiyasi tashkil etadi.

«U gvardiya ofitseri bo‘lgan va jirkanch ishlarga aralashib qolgan. Uning onasi Aleksandra Iosifovna o‘zining brilliantlari yo‘qolganini to‘satdan bilib qoldi. Ma’lum bo‘lishicha, ularni lombardga topshirishgan va bu ishni buyuk knyazning adyutanti qilgan.

Juda katta mojaro kelib chiqqan, buyuk knyazni so‘roq qilishgan. Ma’lum bo‘lishicha, o‘g‘irlangan brilliantlarni lombardga topshirishni u buyurgan», — deydi u.

Nikolay Konstantinovichning aybi isbotlanganidan so‘ng u barcha harbiy unvonlaridan mahrum etilib, surgun qilingan. Natijada u Toshkentga kelib qolgan, shu yerda to‘g‘on, kanal, maktab va shifoxonalar qurilishi bilan shug‘ullangan. Shundan so‘ng uni kechirishgan.

«Toshkentda u katta qasrda yashagan. Nikolayning qimmatbaho buyumlar, suratlar va butlardan iborat kolleksiyasi bo‘lgan. Revolyusiyadan so‘ng kolleksiyaning bir qismi muzeyga tushgan, bir qismi esa yo‘qolib qolgan», — deydi Zagrayevskiy.

Shu tarzda ushbu kolleksiyaning katta qismini O‘zbekiston poytaxti markazidagi tarixiy binodan topishdi.

«Ko‘rinib turibdiki, revolyusiyadan so‘ng, ya’ni Toshkent sovet hukumatidan ajralib chiqqanidan so‘ng ularni yashirib, ko‘mib qo‘yishgan», — deydi ekspert.

Topilgan xazina baholangan summani esa Zagrayevskiy juda kam deb aytgan.

«O‘ylashimcha, u yerda ancha katta summaga baholanadigan qimmatliklar bor», — deydi u.

San’atshunosning qayd etishicha, qimmatbaho buyumlar Rossiyaga qaytarilish ehtimoli kam, sababi topilma O‘zbekistonga tegishli, va umuman olganda «Nikolay Konstantinovichning ushbu mamlakatga ko‘p mehnati singganini unutmaslik kerak».

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан