Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Deputat va IIV nizosi: Bosh prokuratura bayonot berdi
27.04.2020 17:41,  
1621

15 aprel kuni Namanganda shahar kengashi deputati hamda ichki ishlar xodimlari o‘rtasida nizoli vaziyat sodir bo‘lgan edi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi deputat IIV xodimining pogoni va ko‘krak nishonini yulib oldi deb video xabar qilgandi.

Bosh Prokuratuaning bayonot berishicha, 2020 yil 15 aprel kuni Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati T.Muxamadiyev o‘ziga tegishli avtomashinasida Namangan shahar, Yangiqo‘rg‘on ko‘chasida tashkil etilgan blok postiga yetib kelib,  shu yerda xizmat olib borayotgan IIB xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, ularga qarshilik ko‘rsatgan. 

Ayni holatda JKning 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish)da ko‘rsatilgan jinoyat alomatlari mavjudligi sababli, Namangan shahar prokuraturasi 16.04.2020 yilda T.Muxamadiyevni jinoiy javobgarlikka tortish va ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishga rozilik berish haqida Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashiga taqdimnoma kiritadi. 

Shu kunning o‘zida mazkur taqdimnomani ko‘rib chiqqan Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi  21-06-sonli qaror bilan T.Muxamadiyevni jinoiy javobgarlikka tortishga ruxsat berilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish rad etilgan.

Mazkur holat yuzasidan Kengashning roziligi asosida shahar prokuraturasi tomonidan JKning 219-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Biroq, oradan uch kun o‘tib, 19.04.2020 yilda Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan sessiyasida, amaldagi qonunchilikka zid ravishda Kengashning  yuqorida qayd etilgan 21-06-sonli qarori bekor qilinib, T.Muxamadiyevni jinoiy javobgarlikka tortish va ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish rad etilgan.

Mazkur holatni bartaraf etish maqsadida Namangan viloyati prokurori tomonidan 21.04.2020 yilda Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashiga shahar Kengashi chiqargan qarorlarni bekor qilish haqida taqdimnoma kiritilgan.

Ushbu taqdimnoma 25.04.2020 yilda viloyat Kengashida ko‘rib chiqilib, shaxar Kengashining 16.04.2020 yildagi 21-06-sonli karori o‘zgarishsiz qoldirildi (T.Muxamadiyevni jinoiy javobgarlikka tortishga ruxsat berilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish rad etildi) hamda 19.04.2020 yildagi qarori bekor kilindi. 

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

Mavzuga doir: Deputat va IIV nizosi: natija qanday bo‘ladi?

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан