Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston bo‘ylab jazirama issiq harorat kuzatiladi
28.06.2019 14:08,  
32

Iyul oyi boshida jazirama issiq harorat kuzatiladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar qildi.

Sinoptiklarning ma’lum qilishicha, 30 iyun-2 iyul kunlari O‘zbekiston hududida Turkmaniston hududi orqali Erondan quruq va juda issiq havo oqimi kirib keladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 30 iyun-1 iyul kunlari, 1−2 iyul kuni respublikaning qolgan hududlarida havo harorati ko‘p yillik o‘rtacha ko‘rsatkichdan 5−7 daraja yuqori bo‘ladi.

Kunduzgi soatlarda havo 40−43 darajagacha, shimol, janub va cho‘l hududlarida — 44−45 darajagacha issiq bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondayo viloyatlarida garmsel (quruq va issiq shamol) esishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан