Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston parlamenti a’zolari Nazarboyev bilan uchrashdi
27.11.2018 18:01,  
1

O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov va Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Prezident Nursulton Nazarboyev O‘zbekiston bilan do‘stona aloqalarni yanada rivojlantirishda xalqlarimizning azaliy qardoshlik aloqalari, eng asosiysi, prezident Shavkat Mirziyoyevning tashqi siyosat borasida yaqin qo‘shnilar bilan munosabatlarni tobora yaxshilashga ustuvor ahamiyat berayotgani muhim rol o‘ynayotganini ta’kidlab o‘tdi.

"Bugun o‘zaro munosabatlarimiz yaxshi bosqichda turibdi. Biz Shavkat Mirziyoyev bilan yiliga bir necha bor uchrashyapmiz hamda iqtisodiy va siyosiy hamkorlik sohasidagi zaruriy masalalarni muhokama qilyapmiz. Mamlakatlarimiz o‘rtasida imzolangan hujjatlar va erishilgan kelishuvlarda hamda ularning ijrosini ta’minlashda ikki davlat parlamentlari muhim o‘rin tutadi", - deb aytgan Nazarboyev.

O‘z navbatida, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov samimiy qabul uchun Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevga minnatdorlik bildirar ekan, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qaynoq va samimiy qutlovini yetkazdi. Keyingi ikki yil mobaynida O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli ikki tomonlama munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarilganini alohida qayd etdi.

Samimiy muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Qozog‘iston munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tarish, iqtisodiy hamkorlikni tomonlarning mavjud salohiyati darajasiga olib chiqish, bu borada, ayniqsa, parlamentlararo aloqalarni yanada kuchaytirishga doir masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан